Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” aksiyasi



Adliya vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasini oʻtkazish toʻg risidagi 346-um-son buyrugʻi ijro uchun qabul qilingan va ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 16-oktabrdagi 291-um-son buyrugʻiga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, oʻrganish, tahlil qilish va hal etish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan choralar koʻrish, jamiyatda ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning rolini, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Toshkent viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan aksiya doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, huquqiy aksiya doirasida joylarda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda mahallalarda uyma-uy yurish, “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish reja-grafiklaridan kelib chiqib sayyor qabullar oʻtkazilib, huquqiy koʻmak aksiyasi doirasida joylarda oʻtkazilgan 75 ta sayyor qabulda 1208 nafar fuqarolarning qatnashishi ta minlandi.

Sayyor qabullarda 658 nafar fuqarolarning murojaatlar tinglanib va 87 nafar fuqarolarning murojaatlari adliya organi ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, sayyor qabullar davomida, jismoniy va yuridik shaxslarga 270 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek Aksiya yuzasidan 2 marotaba televideniyeda, 48 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda, 2 marotaba radioda hamda 34 marotaba seminar va davra suhbatlari amalga oshirildi.

Huquqiy axborot shu`basi boshlig‘i Sh.Toshpo‘latov