Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

AVTOMOTOTRANSPORT VOSITASINI NOTARIAL IDORAGA BORMASDAN SOTISH MUMKINMI


AVTOMOTOTRANSPORT VOSITASINI NOTARIAL IDORAGA BORMASDAN SOTISH MUMKINMI

Sotuvchi E-notarius.uz axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, oʼzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi:

sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi; 
sotuvchi sotib oluvchining  JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan oʼtadi va roziligini tasdiqlaydi; 
avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi; 
notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va  taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi; 
belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;

 Bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

 

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev