Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xodim vafot etganligi sababli mexnat shartnomasi bekor kilindi. Mehnat daftarchasini va buyruq nusxasini pochta orqali yashash manziliga yuborsak boʻladimi.


 

Xodim vafot etganligi sababli mexnat shartnomasi bekor kilindi. Mehnat daftarchasini va buyruq nusxasini pochta orqali yashash manziliga yuborsak boʻladimi.




Xodim vafot etganligi sababli mexnat shartnomasi bekor kilindi. Mehnat daftarchasini va buyruq nusxasini pochta orqali yashash manziliga yuborsak boʻladimi. MK 171-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yoʻq boʻlganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart. Yaʻni har qanday holatda ham mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani xodim roziligisiz pochta orqali joʻnatmang! Xodim vafot etgan boʻlsachi?

“Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan  3.4-bandiga koʻra, xodim vafot etgan boʻlsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yoʻli bilan topshiriladi yoki ularning talablariga koʻra pochta orqali joʻnatiladi. Vafot etgan xodim mehnat daftarchasining “Ishi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar” boʻlimida yozuvning tartib soni va sanasi koʻrsatilgandan soʻng 3-ustunga “Mehnat munosabatlari bekor qilindi” deb yozilib, 4-ustunda esa buyruqning sanasi va tartib raqami koʻrsatiladi.
Ushbu yozuv belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev