Янгиликлар
Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qimiga asosan jazo berilib taʻlim tizimida ishlamaslik taʻqiqi qoʻyildi menga. Men 4 yoki 5 oy uzoq muddatli kasallik varakasiga chiqsam. Men bn shartnoma bekor boʻlishi mumkinmi.

Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan, shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida koʻrsatiladi.
Agar sizga taʻlim tizimida ishlashga taʻqiq qoʻyilgan boʻlsa, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismining 3-bandiga (xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan boʻlsa, oʻsha sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi) koʻra bekor qilishi mumkin.
Agar sudning hukmi Jinoyat-prosessual kodeksi talablari asosida kuchga kirgan boʻlsa, sizning mehnatga layoqatsizlik davrida boʻlganligingiz shartnomani Mehnat kodekdining 168-moddasi birinchi qismi 3-bandi bilan bekor qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Faqatgina Mehnat kodeksining 163-moddasida taʻqiq mavjud. Unga koʻra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish (MK 161-modda) taqiqlangan.
Ushbu vaziyatda siz taʻlim sohasida ishlayolmasangiz, boshqa sohalarda bemalol ishlashingiz mumkin. Sud faqat taʻlim sohasiga taʻqiq qoʻygan, boshqa sohalar uchun siz uchun ochiq.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev