Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

MEN ISHGA KIRGANIMGA 4 OY BOʻLDI. II GURUH NOGIRONIMAN. TAʻTILGA CHIQMOQCHI BOʻLIB ISH BERUVCHIGA MUROJAAT QILDIM. U OLTI OY ISHLANMAGANLIGIM UCHUN TAʻTIL BERILMASLIGINI AYTDI. SHU TOʻGʻRIMI?


 

MEN ISHGA KIRGANIMGA 4 OY BOʻLDI. II GURUH NOGIRONIMAN. TAʻTILGA CHIQMOQCHI BOʻLIB ISH BERUVCHIGA MUROJAAT QILDIM. U OLTI OY ISHLANMAGANLIGIM UCHUN TAʻTIL BERILMASLIGINI AYTDI. SHU TOʻGʻRIMI?

 

 

Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan, 1 - ish yili uchun har yilgi mehnat taʻtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy oʻtganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodimga ishlagan 6 oy oʻtguniga qadar ham mehnat taʻtili berilishi mumkin. Biroq ushbu moddaning 3 - qismiga asosan, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ularning xohishi boʻyicha olti oy oʻtmasdan oldin beriladi. Shu sababli siz hozir taʻtil olishga haqlisiz. Bu holatda ish beruvchi bilan kelishish ham shart emas yaʻni sodda qilib aytganda ish beruvchi bu holatda Sizga taʻtil berishga majbur.

 

Sizga har yilgi mehnat taʻtili toʻliq davomiylikda va toʻliq haq toʻlangan holda beriladi.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev