Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

TALABAGA DEKRET PULI BERILADIMI


 

TALABAGA DEKRET PULI BERILADIMI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qaroriga 1-ILOVA “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim muassasalari talabalariga akademik taʻtil berish toʻgʻrisida” nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim muassasalari talabalariga akademik taʻtil berish va akademik taʻtildan soʻng ularning oʻqishini davom ettirish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim muassasalari talabalariga akademik taʻtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:


- harbiy xizmatni oʻtash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tugʻish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun;
- oilasining betob aʻzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.


              Doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi asosida OTM tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʻtillari muddatiga (Mehnat kodeksi 233-234-moddalari) akademik taʻtil berilishi mumkin.

             Homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun akademik taʻtilda boʻlgan talabalar kamida keyingi oʻquv yilining talaba tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan semestri boshlanishi muddatiga oʻqishga qaytishi mumkin Talabalarga akademik taʻtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Agar talaba mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan boʻlsa, ish joyidan homiladorlik va tugʻish taʻtillari berilib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi. Agar talaba hech qaerda ishlamay, faqat oʻqiyotgan boʻlsa unga dekret puli toʻlanmaydi.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti A.Kazimbayev