Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

BIRINCHI MARTA ISHGA QABUL QILINGAN XODIMLAR UCHUN HAR YILGI MEHNAT TAʻTILINI BERISH TARTIBI QANDAY?


 

BIRINCHI MARTA ISHGA QABUL QILINGAN XODIMLAR UCHUN HAR YILGI MEHNAT TAʻTILINI BERISH TARTIBI QANDAY?

Birinchi marta ishga qabul qilingan xodimlar uchun har yilgi mehnat taʻtilini berish tartibi qanday?

Mehnat kodeksi 227-moddasi asosida ushbu savolga yechim keltirib oʻtamiz. Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʻtilini berish tartibi

Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʻtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy oʻtganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodimga ishlagan olti oy oʻtguniga qadar ham mehnat taʻtili berilishi mumkin.

Birinchi bor tashkil etilgan tashkilotlar uchun xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʻtili birinchi ish yili tugaguniga qadar ushbu taʻtilni berish sharti bilan olti oy ishlamasidan ilgari yoki undan keyin berilishi mumkin.

Olti oy oʻtguniga qadar xodimning xohishiga koʻra quyidagilarga har yilgi mehnat taʻtili beriladi:

ayollarga — homiladorlik va tugʻish taʻtilidan oldin yoki undan keyin;

oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);

oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga;

rezervga boʻshatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan sobiq harbiy xizmatchilarga;

1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga;

ishdan ajralmagan holda taʻlim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzining har yilgi mehnat taʻtilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni xohlasa;

jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda belgilangan boshqa hollarda boshqa xodimlarga.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat taʻtili toʻliq davomiylikda va toʻliq haq toʻlangan holda beriladi.

Olti oydan kam ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʻtili ularning xohishiga koʻra asosiy ish boʻyicha har yilgi mehnat taʻtili bilan bir vaqtda oʻrindoshlik asosida ishdagi taʻtil uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi. Olti oy va undan ortiq ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun oʻrindoshlik asosidagi ishda beriladigan har yilgi mehnat taʻtiliga, shuningdek ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat taʻtiliga, ushbu taʻtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʻi nazar, toʻliq haq toʻlanadi.

Har yilgi mehnat taʻtili oʻquvchilarning yozgi taʻtili davrida beriladigan taʻlim tashkilotlarining oʻqituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat taʻtili oʻquvchilarning yozgi taʻtili davrida toʻliq davomiylikda, ular ushbu taʻlim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qatʻi nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat taʻtiliga, ushbu taʻtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʻi nazar, toʻliq haq toʻlanadi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva