Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

INSON OʻZ FAMILIYA, ISM, OTA ISMINI OʻZGARTIRISHI UCHUN QUYIDAGI TARTIBGA AMAL QILISHI LOZIM:


 

INSON OʻZ FAMILIYA, ISM, OTA ISMINI OʻZGARTIRISHI UCHUN QUYIDAGI TARTIBGA AMAL QILISHI LOZIM:

 

Inson oʻz familiya, ism, ota ismini oʻzgartirishi uchun quyidagi tartibga amal qilishi lozim:


“Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish haqida FHDYo organiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat etiladi. Arizachi voyaga yetmagan hollarda (16 yoshdan 18 yoshgacha) familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish uchun ota-onasining yozma rozilik arizasi olinishi lozim. Ishonchnoma orqali familiya, ism, ota ismini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
FHDYo organi:
familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish haqida arizani shu kunning oʻzida alohida roʻyxatga olish daftariga kiritadi;
familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish boʻyicha ariza va toʻplangan hujjatlar yigʻmajildi maxsus tekshirish oʻtkazib, xulosa berish uchun IIB ga yuboriladi;
arizaga ilova etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, ichki ishlar boʻlimining xulosasiga asosan FHDYo boʻlimi mudiri arizachining familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish yoki rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan xulosa tuzadi;
xulosaga koʻra tegishli (arizachining nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganligi, voyaga yetmagan bolalarining tugʻilganligi haqidagi) dalolatnoma yozuvlariga arizachining oʻzgartirilgan familiya, ism, ota ismi kiritilib, ular asosida yangi guvohnomalar (qayta davlat boji undirilmasdan) beriladi.
familiya, ism, ota ismini oʻzgartirganlik toʻgʻrisida IIB ga va tuman mudofaa boʻlimiga (fuqaro harbiy burchli boʻlgan hollarda) 7 kun ichida xabar beriladi.
Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirgan shaxs FHDYo organiga bu masalada ikkinchi marta ariza bilan oradan bir yil oʻtgandan soʻng murojaat etishi mumkin”.
Shu va boshqa koʻplab huquqiy savollarga 24 soat ichida javob beriladi. Buning uchun siz kanalga aʻzo boʻlib, uning infosida yozilgan muallifning “lichkasi”ga savol yoʻnaltirishingiz kerak.

 

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva