Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

NIKOHDAN AJRATISH TOʻGʻRISIDA HAL QILUV QARORI CHIQARISH VAQTIDA SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN MASALALAR


NIKOHDAN AJRATISH TOʻGʻRISIDA HAL QILUV QARORI CHIQARISH VAQTIDA SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN MASALALAR

Nikohdan ajratish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar
 

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 44-moddasiga asosan-Nikohdan sud tartibida ajratilayotganda er va xotin voyaga yetmagan bolalari kim bilan yashashi, bolalarga va (yoki) mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj er yoki xotinga taʻminot berish uchun mablagʻ toʻlash tartibi, bu mablagʻning miqdori yoxud er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga doir kelishuvni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim qilishlari mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha er va xotin oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shuningdek ushbu kelishuv bolalar yoki er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud:

nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;

voyaga yetmagan bolalarga taʻminot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;

er va xotinning (ulardan birining) talabiga koʻra ularning birgalikdagi mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlishi;

er (xotin)dan taʻminot olishga haqli boʻlgan xotin (er)ning talabiga koʻra ana shu taʻminot miqdorini belgilashi shart.

Mol-mulkni boʻlish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor boʻlgan hollarda sud mol-mulkni boʻlish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi.

Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida toʻyni oʻtkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva