Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

MASHINA QANDAY HOLLARDA JARIMA MAYDONCHASIGA JOYLASHTIRILADI? MUHIM QOIDALAR


MASHINA QANDAY HOLLARDA JARIMA MAYDONCHASIGA JOYLASHTIRILADI? MUHIM QOIDALAR

Mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi? Muhim qoidalar

YXXP xodimi mashinangizni toʻxtatib, siz yoʻl harakati qoidalarini buzganligingiz va buning uchun mashinangizni jarima maydonchasiga olib borishini aytdi.
Xoʻsh, avvalambor, mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi? Jarimani toʻlamasa ham, mashinani “qamash” mumkinmi? Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun qanday hujjat kerak? Jarima maydonchasida turgan mashinaga nimadir boʻlsa, uni kim toʻlaydi? Ushbu maqolada Hudud24.uz sayti kolumnisti Murodjon Najmiddinov shu savollarga javob beradi.
Mashina qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi?
Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasiga asosan ichki ishlar xodimlari avtomashinalar faqatgina quyidagi holatlarda “qamalishi” – jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin:
1) tormoz, rul boshqaruvi yoki ulovchi qurilma nosoz yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlangan mashinani boshqarish;
2) foydalanish taqiqlangan mashinalarni, davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan mashinalarni boshqarish;
3) davlat raqam belgisi yasama yoki oʻzgartirilgan mashinalarni, boshqa mashinani raqami qoʻyilgan mashinalarni;
4) ruxsatnomasiz yuk mashinalarini boshqarish, yuk tashish qoidalaridan, ruxsat berilgan yoʻldan chetga chiqish;
5) ruxsatnomasiz “tonirovka” qoʻyish;
6) ruxsatsiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni oʻrnatish, davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish;
7) piyodalar yoʻlkalaridan yurish, yoʻl belgilari va yoʻl harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmaslik;
8) transport vositalarini mast holda boshqarish;
9) hujjatlarsiz mashina haydash, sugʻurta polisi, malaka oshirish sertifikatidan tashqari;
10) mastlikka test topshirishdan bosh tortish;
11) yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish;
12) ichki ishlar organi xodimining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik
13) epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida
14) ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini
tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, bunda huquqbuzarlikni sodir etishda mashinadan foydalanishda.
Boshqa holatlarda ham mashinalarni jarima maydoniga joylashtirishi mumkinmi?
Javob – HA. Boshqa holatlar boʻyicha harbiy avtomobil inspeksiyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, bojxona organlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari, chegara qoʻshinlari, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mansabdor shaxslari ham mashinani jarima maydoniga joylashtirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Shuningdek, jarima solish haqida qaror chiqqan kundan boshlab 60 kun ichida jarima toʻlanmasa, mashina jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasiga binoan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Demak, mashina jarima maydonchasiga qoʻyish uchun 2 ta asos boʻlishi kerak:
Jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʻtiboran 60 kun ichida jarimani toʻlamagan boʻlishingiz;
Transport vositasiga jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ rahbarining yozma koʻrsatmasi.
YPX xodimi qoʻlida sizga jarima solgan organ rahbarining yozma buyrugʻisiz, shunchaki elektron bazadan tekshirib, jarimangiz bor, deb mashinani jarima maydonchasiga olib ketishga haqli emas.
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun qanday hujjat kerak?
Javob – hech qanday. Transportni jarima maydonidan olib chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xabar jarima maydoni egasiga “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuboriladi. Shuningdek, bu xabar haydovchining telefoniga SMS tarzida ham yuboriladi.
Jarima maydonchasida turgan mashinaga nimadir boʻlsa, uni kim toʻlaydi?
Agar jarima maydonchasida turgan mashinaga nimadir boʻlsa, zararni qoplash jarima maydonchasi egasiga yuklatiladi. Agar toʻlashdan bosh tortsa, mashina egasi sudga, prokurorga yoki ichki ishlarga murojaat qilishi mumkin.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva