Янгиликлар
KORXONADA MEHNAT TARTIBI ISH BERUVCHI KASABA UYUSHMASI QOʻMITASI YOKI XODIMLARNING BOSHQA VAKILLIK ORGANI BILAN KELISHIB TASDIQLAYDIGAN ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARI BILAN BELGILANADI. KORXONANING ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARIDA AKS ETTIRILADIGAN TARTIB
KORXONADA MEHNAT TARTIBI ISH BERUVCHI KASABA UYUSHMASI QOʻMITASI YOKI XODIMLARNING BOSHQA VAKILLIK ORGANI BILAN KELISHIB TASDIQLAYDIGAN ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARI BILAN BELGILANADI. KORXONANING ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARIDA AKS ETTIRILADIGAN TARTIB
Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida aks ettiriladigan tartib qoidalarni aniq koʻrsatib oʻting.
Tashkilotda Ichki mehnat tartibi qoidalari belgilanganligi va xodimlar belgilangan tartibda tanishtirilganligi ularning mehnat intizomini buzgan holda xodimga toʻgʻri va qonuniy intizomiy javobgarlik belgilashga asos xujjat hisoblanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalari – Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning birgalikdagi mehnatini tartibga soluvchi asosiy meʻyoriy hujjat. Ichki mehnat tartibi qoidalarining asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil yetish, ish vaqtidan oqilona foydalanish, yuqori ish sifatiga yerishish. mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.Namunaviy Ichki mehnat tartibi qoidalari asosida vazirliklar va idoralar tegishli markaziy (respublika) kasaba uyushmalari qoʻmitalari bilan kelishib, xalq xujaligining muayyan tarmogʻi xususiyatlariga tatbiqan tarmoqlarning Ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqadi. Xodim ishga qabul qilinayotganda ish beruvchi uni mazkur qoidalar bilan tanishtirmogʻi shart. Ichki mehnat tartibi qoidalarida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: korxonadagi ish vaqti rejimi xususiyatlari, xodimlarni ishda yerishgan yutuqlari uchun ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash tartibi, mehnatga haq toʻlash tizimi va muddatlari, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish turlari (ustamalar, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va h.k.), mehnat sharoiti noqulay ishlar roʻyxati va boshqalar.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻzieva