Янгиликлар
MEHNAT SHARTNOMASI GʻAYRIQONUNIY RAVISHDA BEKOR QILINGAN YOKI XODIM GʻAYRIQONUNIY RAVISHDA BOSHQA ISHGA OʻTKAZILGAN HOLLARDA, VAKOLATLI ORGAN TOMONIDAN AVVALGI ISHIGA TIKLANISHI LOZIMLIGI BELGILANGANMI?
MEHNAT SHARTNOMASI GʻAYRIQONUNIY RAVISHDA BEKOR QILINGAN YOKI XODIM GʻAYRIQONUNIY RAVISHDA BOSHQA ISHGA OʻTKAZILGAN HOLLARDA, VAKOLATLI ORGAN TOMONIDAN AVVALGI ISHIGA TIKLANISHI LOZIMLIGI BELGILANGANMI?
Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda, vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozimligi belgilanganmi?
MKning 174-moddasiga koʻra mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda, u ish beruvchining oʻzi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.
Izohi ushbu moddaning 2-va 3 qismlari Sud tomonidan Nizoni koʻrish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga oʻtkazishning asosliligini isbotlab berish masʻuliyati yuklatiladi.
Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan boʻlsa, sud kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi.
Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻzieva