Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

VAQTINCHALIK MEHNATGA LAYOQATSIZLIK BOʻYICHA NAFAQALAR QANDAY HOLATLARDA 100 FOIZ OYLIK HISOBIDA TOʻLANADI.


VAQTINCHALIK MEHNATGA LAYOQATSIZLIK BOʻYICHA NAFAQALAR QANDAY HOLATLARDA 100 FOIZ OYLIK HISOBIDA TOʻLANADI.

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar qanday holatlarda 100 foiz oylik hisobida toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.02.2002-yildagi 71-sonli qaroriga aosan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar quydagi holatlarda 100 foiz oylik hisobida toʻlanadi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan boʻlgan xodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar uchun — 18 yosh) toʻlmagan uch nafar va undan koʻp farzandi boʻlgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obʻektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogironligi boʻlgan xodimlarga, shuningdek xodim ishda shikastlanish va kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotganda — oylik ish haqining toʻliq miqdorida;

Yaʻni sizning 16 yoshga (oʻquvchilar uchun — 18 yosh) toʻlmagan uch nafar farzandingiz borligi uchun sizga 100 foiz shaklda toʻlanishi kerak.

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva