Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

DEKRETDAGI XODIMNING ISHI QISQARSA, U QANDAY ISH JOYIGA QAYTADI?


DEKRETDAGI XODIMNING ISHI QISQARSA, U QANDAY ISH JOYIGA QAYTADI?

Mehnat kodeksining 408-409-moddalariga asosan ish beruvchilar qisqartirishlarda homilador va bolasi 3 yoshga toʻlmagan ayollarni (yoki 3 yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan otani) Mehnat kodeksi 161-moddasi 2-qismi 2-bandi, yaʻni, qisqartirish bilan ishdan boʻshatish mumkin emas. Bundan tashqari MKning 405-moddasiga asosan bola parvarishlash taʻtilidagi xodimning ish joyi saqlanishi shart.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi: dekretdagi xodimning ishini qisqartirish mumkinmi? Yuqoridagi mehnat kodeksining normalariga asosan bu toifadagi xodimlarning ishini qisqartirib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning zarracha imkoni yoʻq (Korxona tugatilgan holatlari bundan mustasno).

Xodimni shu vaj bilan ishga qayta olmaslik qanday javobgarlikka sabab boʻladi?

Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga muvofiq Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻzieva