Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 7.02.2024-yildagi 915-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.


“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 7.02.2024-yildagi 915-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jumladan:

        Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga muvofiq: 

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi qonunda belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʻminlash choralarini koʻradi;

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi;

yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaror yoki sud ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;

advokat axborot tizimi orqali avtomatik tarzda tanlanadi;

advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʻtiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak;

tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat prokurorning qarori va sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart;

advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markzi boshligʻi       A.Iskandarov