Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024-yil) qabul qilindi.


           O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024-yil) qabul qilindi.

Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish nazarda tutilgan. Institut Akademiya tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilishi ko’zda tutilgan.Shuningdek Institut raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqot va ishlanmalar markaziga aylanishni maqsad qilgan. Qarorning asosiy jihatlari:  

Institutga raqamli kriminalistika sohasida sud-tibbiy ekspertiza va tadqiqotlar o‘tkazish vakolati berish;

 Kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini oshirishda “katta hajmli ma’lumotlar” (Big Data) tahlili, sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratish;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish;

Raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

Kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish usullarini ishlab chiqish;

 Raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish.

 

 

 

Oqqo’rg’on tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi            N.Mamatqulov