Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Nizolarni sudgacha hal qilish tartibi (talabnoma yuborish)ga har qanday holatda rioya qilinishi kerakmi?


Nizolarni sudgacha hal qilish tartibi (talabnoma yuborish)ga har qanday holatda rioya qilinishi kerakmi?

Bir necha oy oldin biz ishtirokimizdagi sudda sudya tomonidan kiritilgan da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, bunga sabab qilib esa, taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomada da’voni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish)ga kelishilganligi, ammo ushbu shartnomada sudgacha hal qilish tartibi aks etmaganligini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, sudga ajrimini bekor qilish yuzasidan shikoyat kiritiladi.

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.05.2019 yildagi 13-sonli "Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida"gi qarori uchinchi bandiga asosan Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yo‘li bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmasligi belgilangan. Ayni himoyamiz ostidagi tadbirkorlik sub’ektining javobgar bilan tuzgan shartnomada ham nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lgan.

Shu sabali apellyatsiya sudi tomonidan shikoyat qanoatlantirilib, ishni mazmunan ko‘rib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov