Янгиликлар
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgardi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgardi
❗️2024-yil 1-oktabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 375 000 so‘mni tashkil etadi. (https://t.me/soliqnews/14095)
Ushbu oydan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:
????yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 375 000 so‘m;
????savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 187 500 so‘m;
????boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 375 000 so'm;
????oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 375 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 187 500 so‘m.
???? o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosda– yiliga 375 000 so'm.
???? Soliq kodeksi 408-modda
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov