Янгиликлар
O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kasaba uyushmasining roziligii shartmi?
O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kasaba uyushmasining roziligii shartmi?
Mehnat kodeksining 441-moddasiga asosan o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari mazkur ishga o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda o‘rindoshning mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli ekani belgilangan. Bunda xodim kamida ikki hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Mehnat kodeksining 161-moddasi 2 qism 6-bandiga asosan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan o‘zga sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni tartibga soladi. Ya’ni o‘rindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham aynan MK 161-modda 2-qism 6-bandga tushadi.
MKsining 164-moddasiga asosan agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni o‘rindosh xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda MKsining 164-moddasi tartibida kasaba uyushmasining roziligi olinishi kerak bo‘ladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov