Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻ va tokzorlar uchun yer soligʻi oshiriladi


Yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻ va tokzorlar uchun yer soligʻi oshiriladi

 

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilindi.

????PF-151-son, 2024-yil 30-sentabr

Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

 

????Maxsus komissiyalar tomonidan yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli deb topilgan bogʻ va tokzorlar egallagan maydonlar uchun yer soligʻi, agar shunday xulosa chiqarilgan kundan eʻtiboran 12 oy mobaynida ularning oʻrnida yangi bogʻ yoki tokzor tashkil etilmasa, 3 baravar oshiriladi.

 

Shu bilan birga, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi va Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Soliq qoʻmitasiga iqtisodiy samarasiz va kam hosilli bogʻ va tokzorlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar muntazam ravishda yuboriladi.

 

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.

????Soliq kodeksi 2-modda va 75-modda

????Yangi bogʻlar barpo etish uchun payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarini xorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) olib kirilayotganda tashabbuskorlar QQSdan ozod etiladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov