Янгиликлар
Xodimlarning mehnat huquqi kafolatlari kuchaytiriladi.
Xodimlarning mehnat huquqi kafolatlari kuchaytiriladi.
Qarorga ko‘ra, belgilansinki, xodimlarning mehnat huquqlarini kafolatlash hamda mehnat muhofazasini ta’minlash maqsadida:
2025 yil 1 yanvardan boshlab xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilishni kuchaytirish, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi;
2025 yil 1 martdan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi;
2026 yil 1 yanvarga qadar ish joylaridagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi va gigienasi standartlari ishlab chiqiladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov