Янгиликлар
Qisqarishga tushgan hodimlar ish joyida qanday huquqlarga ega:
Qisqarishga tushgan hodimlar ish joyida qanday huquqlarga ega:
Avvalo 2 oy oldin ogohlantirilishingiz kerak. Mehnat kodeksining 165-moddasi birinchi qismiga asosan texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sabali mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda ish beruvchi hodimni 2 oy oldin ogohlantirishga majbur.
Ikkinchidan, bir kun ishga chiqmaslik huquqi beriladi. MK 165-moddaning 4-qismiga asosan xodimni ogohlantirish muddati ichida, xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi.
Uchinchidan, mehnat kodeksining 144-moddsiga asosan Agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 143-moddasining ikkinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyat ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Ya’ni siz bilan mehnat shartnomasi mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi bilan bekor qilinayotgani sababli sizga ish beruvchi ish taklif qilishi shart.
To‘rtinchidan, mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi sababli bekor qilingan taqdirda ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqining ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi kafolatlanadi.
Beshinchidan, mazkur moddaning 4-qismiga ko‘ra Agar xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi. ya’ni bu yerda siz 3 oylikni ham olishingiz mumkin. Ya’ni 3 oyga ham oylik olish huquqingiz bo‘ladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i B.B.Mavlanov