Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Endilikda rahbar kadrlar baholab boriladi


Endilikda rahbar kadrlar baholab boriladi

 

???? Hukumatning 04.10.2024 yil kungi 629-son “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori qabul qilindi

 

❗️Qarorga ko‘ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

 

✔️ Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

 

✅ ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;

 

✅ davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;

 

✅ kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;

 

✅ kompetensiyalarni baholash natijalari asosida  rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish traektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;

 

✅ rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;

 

✅ rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish;

 

✅ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov