Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi


 

            Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi

 

“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-346-son) qabul qilindi .

Qarorga koʻra, Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi (Markaz) tashkil etiladi.

Qobiliyatli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

2025-yildan Markaz tomonidan:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

har bir fan yoʻnalishi boʻyicha oʻquv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qoʻllanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;

oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-oʻqituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar oʻrgatib boriladi;

fan olimpiadalari boʻyicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qoʻshma yigʻinlar oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

oʻquvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish boʻyicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;

iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat