Янгиликлар
Fan olimpiadalari gʻoliblariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi
Fan olimpiadalari gʻoliblariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi
“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-346-son) Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan:
➖nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;
➖asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi.
2025-yil 1-dekabrgacha:
xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va oʻtkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining maʻlumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi;
Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari toʻgʻrisidagi maʻlumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy oʻquvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishlarini taʻminlaydigan maxsus sayt ishga tushiriladi.
Boʻka tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti
Abdugʻapparov Abbos