Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi


 

Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi

 

“2024–2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-155-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024–2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;

oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;

geologiya sohasida yer qaʻridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;

mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;

suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;

qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish, ekinlarning turlari hamda suv isteʻmoli hajmlarini aniqlash.

2025-yil 1-martdan yer qaʻridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar