Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi


 

Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi

 

“Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-357-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:

➖faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;

➖kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard soʻmdan oshmagan;

➖inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;

➖raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori oʻsish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati boʻlgan biznes modelga ega;

➖startap loyihalar ekotizimi platformasida roʻyxatdan oʻtgan;

startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamgʻarmalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM boshligʻi      

Niyozov Abdurasul