Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi


 

Raqamli startaplar dasturi ishtirokchilarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi

 

“Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga (PQ-357-son, 14.10.2024-y.)   koʻra, dastur ishtirokchilariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari qoʻllanadi:

qiymati 50 million AQSH dollaridan koʻp boʻlgan xorijiy venchur jamgʻarmalardan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga mazkur investitsiyaga teng miqdorgacha boʻlgan, biroq 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda investitsiya mablagʻlarini ajratish;

quyidagi xarajatlarni qoplab berish:

➖5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritayotgan hamda kamida 100 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilgan yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish;

➖inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 50 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;

➖patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari;

venchur jamgʻarma tomonidan garov taʻminotisiz, asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 300 million soʻmgacha miqdorda startap loyihalarga qarz mablagʻlarini ajratish;

IT-Visa berish amaliyotini startap loyihalarning taʻsischilari va mutaxassislariga ham tatbiq etish.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Tojiqulova   Nazokat