Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qoʻllab-quvvatlanadi


 

Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qoʻllab-quvvatlanadi

 

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-157-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, IT-park rezidentlariga quyidagi qoʻshimcha faoliyat turlari boʻyicha xizmat koʻrsatishga ruxsat beriladi:

axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʻlim xizmati doirasida, ingliz tili bilan bir qatorda boshqa xorijiy tillarni ham oʻqitish;

internet orqali axborot xizmatlarini eksport qilish faoliyati doirasida, biznes-jarayonlar autsorsingi yoʻnalishi boʻyicha taʻlim faoliyatini amalga oshirish;

internet orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan IT-park rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini koʻrsatgan, Oʻzbekiston bilan ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim tuzilmagan davlatlarning yuridik shaxslari ushbu kalendar yil yakunigacha foyda soligʻidan ozod etiladi.

2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan IT-park rezidentlarining taʻsischilari (ishtirokchilari) – Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda foyda soligʻining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Abdugʻapparov Abbos