Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi


Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

 

Farmonga koʻra, 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha quyidagi mezonlardan biriga toʻgʻri keladigan IT-park rezidentlari uchun Prezident Farmonida) belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno):

kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari boʻyicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;

kalendar yil davomida 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti boʻlgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-taʻlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.

2025-yil 1-apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.

2028-yil 1-yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

Boʻka tumani adliya boʻlimi

YXKM bosh yuriskonsulti

Jamolov Samandar