Янгиликлар
VASIYATNI BEKOR QILISH MUMKINMI?
VASIYATNI BEKOR QILISH MUMKINMI?
§ Fuqarolik kodeksining 1127-moddasiga asosan, Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda oʻz vasiyatnomasini toʻlaligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud boʻlgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli.
§ Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qiluvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoxud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yoʻq qilib tashlash yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin.
§ Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma toʻlaligicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid boʻlgan qismi bekor qilinadi.
§ Agar vasiyat qiluvchi tomonidan keyingi vasiyatnoma oʻz navbatida bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa, yangi vasiyatnoma tuzish orqali toʻlaligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.
Qibray tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti J.Abdusatarov