Янгиликлар
DIREKTOR VA OʻRINBOSARLAR DARS BERISHGA HAQLIMI?
DIREKTOR VA OʻRINBOSARLAR DARS BERISHGA HAQLIMI?
§ Odatda, maktablarda direktor va oʻrinbosarlar birinchi oʻzlariga 10 soat dars olib, soʻng boshqa oʻqituvchilarga dars taqsimlashadi.
§ Biroq aslida mutlaqo notoʻgʻri.
§ Toʻgʻri, direktor va oʻrinbosarlarning dars berish huquqi mavjud. Lekin u anchagina murakkab sanaladi.
§ Xalq taʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom 14-bandiga koʻra xalq taʻlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qatʻi nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) yoʻl qoʻyiladi.
§ Shu qoidaga koʻra direktor va uning oʻrinbosarlari oʻz mutaxassisligi boʻyicha 10 soatgacha dars olishi mumkin.
§ Ushbu nizomning 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash oʻrnini bosish tartibida umumtaʻlim muassasalari rahbarlari tomonidan oʻtilgan oʻquv soatlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
§ Bunda qoida boʻyicha 10 soat vakant sifatida hududiy mehnat organiga chiqarishi shart.
§ Umumtaʻlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 3271) 15-bandida mazkur masala yanada aniq tartibga solingan.
§ Unga koʻra oliy maʻlumotli oʻqituvchilar bilan taʻminlanguniga qadar umumtaʻlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlariga dars berish mumkin.
§ Shunga koʻra direktor va oʻrinbosarlar barcha xodimlar dars bilan taʻminlangandan keyin soatlar ortib qolsagina, 10 soatgacha dars berishi mumkin. Bunda ularga ajratilgan dars soatlari vakant sifatida har oyda bandlik boʻlimiga chiqariladi.
§ ‼️Agar ushbu vakant dars soatlari uchun oʻqituvchi kelsa, rahbar xodimlar darslarini mazkur oʻqituvchiga berishi shart.
Qibray tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti J.Abdusatarov