Янгиликлар
HARBIY XIZMATCHILARGA IMTIYOZLI IPOTEKA KREDITI BERILISHIDAN XABARDORMISIZ?
HARBIY XIZMATCHILARGA IMTIYOZLI IPOTEKA KREDITI BERILISHIDAN XABARDORMISIZ?
Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017-yildagi 619-son qaroriga asosan, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish yoki qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.
Imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi.
Shuningdek, uy qurib bitkazulguniga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi.
Kredit olgan harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov