Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

QANDAY HOLLARDA BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM BERISH TOʻXTATILADI ?


QANDAY HOLLARDA BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM BERISH TOʻXTATILADI ?

 

Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, quyidagi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam berilishi toʻxtatiladi:

1) tayinlangan muddat tugaganda:

2) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pulini olayotganlarning oʻzlari ushbu yordamni toʻxtatishlarini soʻrab murojaat qilganda;

3) oila doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga koʻchib ketganida;

4) ayrim texnik xatolar sababli ushbu yordam pullari notoʻgʻri tayinlanganligi aniqlanganda;

5) oilaning iqtisodiy ahvoli qayta oʻrganilganida oila kam taʻminlangan oila deb eʻtirof etilmasa;

6) ushbu yordam pullari tayinlanishi uchun topshirilgan xujjatlar notoʻgʻri va ishonchsiz boʻlsa yoki xujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;

7) oila tarkibida harbiylashgan tizimda ishlovchilari boʻlgan oila tomonidan ariza topshirilsa;

8) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʻzolari pensiya taʻminoti shartlari, meʻyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan pensiyalar bilan taʻminlangan oila aʻzolari mavjudligi aniqlanganda;

9) ortiqcha toʻlovlar aniqlanganda.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov