Янгиликлар
QAYSI TOIFADAGI SHAXSLATGA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISH JARAYONIDA TOʻLOVLARDA CHEGIRMA MAVJUD?
QAYSI TOIFADAGI SHAXSLATGA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISH JARAYONIDA TOʻLOVLARDA CHEGIRMA MAVJUD?
Quyidagi toifadagi shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga.
Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov