Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

MUDDATI OʻTGAN PASPORTNI 1 OY ICHIDA ALMASHTIRMAGANLAR JARIMA TOʻLAYDI.


 

MUDDATI OʻTGAN PASPORTNI 1 OY ICHIDA ALMASHTIRMAGANLAR JARIMA TOʻLAYDI.

 

PF-4262-son Prezident Farmoniga ilova qilib keltirilgan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti toʻgʻrisida"gi nizomning 11-bandiga koʻra,

- fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va millati oʻzgarganda pasportini 1 oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

- fuqaro amal qilish muddati oʻtgan biometrik pasportini oʻz vaqtida ID-kartaga almashtirmasligi — yaʻni, haqiqiy boʻlmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi MJtKning 223-moddasiga binoan maʻmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Bunday huquqbuzarlik BHMning 3 baravari, yaʻni 1 020 000 soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov