Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Bir tashkilot doirasida 13 yillik ish stajiga ega boʻlgan xodim ishdan boʻshatilayotgan vaqtida qonun boʻyicha ishdan boʻshatish nafaqasi qancha miqdorda toʻlanadi?


Bir tashkilot doirasida 13 yillik ish stajiga ega boʻlgan xodim ishdan boʻshatilayotgan vaqtida qonun boʻyicha ishdan boʻshatish nafaqasi qancha miqdorda toʻlanadi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 173-moddasiga asosan,

- ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori hodimni ishlab kelayotgan joyidagi ish stajiga bogʻliq boʻlib, quyidagi miqdorlardan:

- 3 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

- 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

- 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

- 15 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun – oʻrtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

Ushbu norma boʻyicha 10 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun ularning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini 150 foizi miqdorida ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlab beriladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov