Янгиликлар
FHDYO DAN NIKOHNI BEKOR QILISH ROʻYXATDAN OʻTKAZILMASA, NIKOH BEKOR QILINMAGAN HISOBLANADI.
FHDYO DAN NIKOHNI BEKOR QILISH ROʻYXATDAN OʻTKAZILMASA, NIKOH BEKOR QILINMAGAN HISOBLANADI.
Oila kodeksining 47-moddasida Nikohdan ajratilganda nikohning tugatilish vaqti qoidasi berilgan boʻlib, unga koʻra, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyxatga olingan kundan boshlab tugatilishi belgilangan.
Yaʻni bundan kelib chiqadiki, sud ajrim toʻgʻrisida qaror qabul qilib, u kuchga kirgani bilan, FHDYO da roʻyxatdan oʻtmaguncha nikoh tugatimaydi.
Shuningdek, FHDYO yoʻrinomasida ham FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi guvohnomani berishi taʻkidlangan.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N.P.Nazarimbetov