Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Oʻrindoshlarga "bolnichniy" toʻlanadimi?


 

Oʻrindoshlarga "bolnichniy" toʻlanadimi?

 

Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012-yildagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida"gi nizomning 18 bandiga asosan Oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir. Sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan "Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida"gi yoʻriqnomaning 19-bandiga asosan Oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimga oʻrindoshlik boʻyicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik maʻlumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi beriladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov