Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kimlar sinf rahbari boʻlishi mumkin?


 

Kimlar sinf rahbari boʻlishi mumkin?

 

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrugʻiga aosan  Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi:

- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;

- maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;

- boshqaruvchilik qobiliyatiga ega boʻlgan;

- oʻquvchilar bilan ishlash jarayonida masʻuliyat bilan yondasha oladigan;

- boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi boshlangʻich sinfga biriktirilgan oʻqituvchilarga yuklatiladi.

Maktablarda mehnatni soatbay (shu jumladan oʻrindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi oʻqituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bir oʻqituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor oʻrinbosarlari, psixologlar sinf rahbari boʻlishi mumkin emas.

Sinf rahbarlari faoliyatini maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N.P.Nazarimbetov