Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Huquqshunosga savol:Mehnat qonunchiligida tugʻish tatiliga chiqqan va tugʻishi ogʻir kechgan (keserova, jaroxat olish, egizaklar tugʻilishi, onaning sogʻligi yomonlashishi) xollar yuzasidan tatilga qoʻshimchalar boʻyicha tushintirish bersangiz?


Huquqshunosga savol:Mehnat qonunchiligida tugʻish tatiliga chiqqan va tugʻishi ogʻir kechgan (keserova, jaroxat olish, egizaklar tugʻilishi, onaning sogʻligi yomonlashishi) xollar yuzasidan tatilga qoʻshimchalar boʻyicha tushintirish bersangiz?

1.Ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda – yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tugʻish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi. Homiladorlik va tugʻish taʼtili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tugʻishga qadar amalda bunday taʼtilning necha kunidan foydalanilganidan qatʼi nazar ayolga toʻliq beriladi.

2. Ayolga, uning xohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil ham beriladi. Bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan uch yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshiladi.

3. Ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta har biri oʻttiz minutdan kam boʻlmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʻrtacha oylik ish haqi hisobi boʻyicha haq toʻlanadi. Bolasi bor ayolning xohishiga koʻra, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qoʻshib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining (ish smenasining) boshiga yoki oxiriga koʻchirilib, ish kuni (ish smenasi) shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

4. Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy toʻlovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi.

5. Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan homilador ayollar, bolani ikki va uch yoshgacha parvarish qilish boʻyicha taʼtilda boʻlgan ayollar, ular ishga chiqqandan keyingi birinchi yil davomida attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.

6. Tegishli ish stajiga ega boʻlgan ayollar ellik toʻrt yoshga toʻlganda pensiyaga chiqishi mumkin.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                                         N.U.Tursunov