Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Mehnatga oid munosabatlarning subyektlarini muhokama qiling.
Huquqshunosga savol:
Mehnatga oid munosabatlarning subyektlarini muhokama qiling.
MEHNATGA OID MUNOSABATLARNING SUBYEKTLARI
MK ning 19-moddasi.. Xodim mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida Belgilangan yoshga yetgan (16-yosh) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari boʻlishi mumkin. Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida Quyidagilar ish beruvchilar boʻlishi mumkin:
1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; 2) mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtda rahbar boʻlgan xususiy korxonalar;
3) oʻn sakkiz yoshga toʻlgan ayrim shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan uning barcha xodimlari korxona mehnat jamoasini tashkil etadilar. Mehnat jamoasining huquq va burchlari, uning vakolatlari, ularni amalga oshirish tartibi va shakllari qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Xodimlar va ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida Kasaba uyushmalari, ularning korxonadagi saylab qoʻyiladigan organlari, xodimlar tomonidan saylab qoʻyiladigan boshqa organlar, ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida qatnasha oladilar.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.U.Tursunov