Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Mehnat shartnomasining shakli yuzasidan malumot bersangiz.
Huquqshunosga savol:
Mehnat shartnomasining shakli yuzasidan malumot bersangiz.
Mehnat shartnomasining shakli Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarorining 1-ilovasida “Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar” bayon etilgan boʻlib, unda yozma shakldagi mehnat shartnomasi (kontakrt)ni tuzish paytida amal qilinishi talab etiladigan zaruriy koʻrsatkichlar belgilab qoʻyilgan.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, odatda davlat tilida, zarur hollarda esa xodim tushunadigan boshqa tilda ham tuziladi va tomonlar imzolaganlaridan soʻng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun beriladi.
Mehnat shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan rahbar tomonidan imzolanib, uning imzosi korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning manzillari, boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.U.Tursunov