Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Huquqshunosga savol: Pensionerlarni aynan pensiya yoshiga toʻlishi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish mumkinmi?.


Huquqshunosga savol: Pensionerlarni aynan pensiya yoshiga toʻlishi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish mumkinmi?.  

Amaldagi mehnat kodeksi boʻyicha pensionerlarni aynan pensiya yoshiga toʻlishi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilib boʻlmaydi.

Eski tahrirdagi ( oʻz kuchini yoʻqotgan) mehnat kodeksi  100 moddasi 2 qism 7 bandi asosida  pensiya yoshiga yetgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini beruvchi tashabbusi bilan bekor qilishi mumkin boʻlar edi..

Amaldagi mehnat qonunchilik boʻyicha Mehnat kodeksining 161 moddasiga koʻra xodim pensiya yoshiga toʻlsa ish beruvchi uni boʻshata olmaydi.

Pensionerni aynan pensiya yoshiga toʻlishi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilib boʻlmaydi degan qoidani  xozirda koʻpchilik notoʻgʻri talqin qilmoqda, “ana endi pensionerlarni umuman ish beruvchi tashabbusiga koʻra boʻshatib boʻlmas ekan” degan notoʻgʻri tasavvurlar paydo boʻlmoqda.

Yoʻq, pensionerni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa asoslar boʻyicha  ishdan boʻshatish mumkin

Korxona tugatilishi munosabati bilan;

Pensionerni ish oʻrni qisqartirishga tushishi munasabati bilan;

Pensioner tomonidan  mehnat intizomini buzilgan xolatda;

Mehnat intizomini buzsa, Mehnat kodeksini 161 modda ikkinchi-qism 4 va 5 bandlari bilan u bilan tuzilgan megʻnat shartnomasini bekor qilsa boʻladi.

Xodimning malakasi yetarli boʻlmay qolishi mumkin boʻlgan xamda boshqa asoslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin boʻladi.

Pensionerni erkak kishi boʻlsa Siz 60 yoshga toʻldingiz yoxud ayol xodimni siz 55 yoshga toʻldingiz deb boʻshatish mumkin emasligi amaldagi Mehnat kodeksida belgilab qoʻyildi.

Shu pensioner mehnat intizomini buzmaydi, ishga kelib ketish tartibini buzmaydi, topshirilgan vazifalarni vaqtida toʻliq bajaradi,malakasi yetarli, qisqarishga tushmaydi.

Bunday xolatda pensionerni ishdan boʻshatib boʻlmaydi.Agar oʻzi hoxlab ariza yozsa mehnat kodeksining 160-moddasi bilan yoki taraflar kelishuviga koʻra boʻshatsa boʻladi.

Xodimni majburlab ariza yozdirilsa- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenuminin 2023-yil 20-noyabrdagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” gi 26 sonli Qarorida belgilab qoʻyilgan asoslarga binoan “xodimni haqiqatan xam ishni tashlab ketish istagi boʻlganmi, unga nisbatan ruhiy tayziq va bosimlar oʻtkazilmaganmi?” Sud shu xolatlarni xam etiborga oladi va xodim Sud orqali yana ishga tiklana oladi.

Xozirda - Pensionerni zamonaviy texnologiyalarni tushunmaydi, malakasi yetarli emas degan atestatsiya komissiyasi xulosasi bilan ishdan boʻshatsa boʻladi degan tasavvur uygʻongan, bu notoʻgʻri, ayni xolat xodimni malakasi yetarli emasligini belgilovchi bittagina xolat xolos.

Boshqa tasdiqlovchi xolatlar bilan xam xodimni malakasi yetarli emasligini isbotlash mumkin va shu asoslar bilan qonuniy ravishda ishdan  boʻshatsa boʻladi.

Masalan xodim tobora rivojlanib borayotgan  yangi zamonaviy texnologik jarayonlar boʻyicha ishlay olmaydi, zamonaviy kompyuter texnologiyasi boʻyicha yetarli bilimga ega emas, xozirda kshpchilik xujjatlar aylanishi asosan elektron tizimga oʻtib ketgan. Xodimda shu yoʻnalishdagi zaruriy bilim mavjud emasligi asosida idoralararo elektron tizim orqali xujjat aylanishini  oʻz ichiga qamrab oluvchi topshiriqni vaqtida bajara olmaydi va shu tizim boʻyicha vazifalarni bajarishda salbiy xolatlarni kelib chiqishiga oʻzi xoxlamagan xolda sababchi boʻlib, texnologik jarayonlarni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar faoliyatiga yomon tasir koʻrsatadi. Pensioner xodim bu tizim boʻyicha oʻz ishini uddalay olmayaptimi, demak –  aloxida komissiya tuzilib, komissiyaga kasaba uyushmasidan bitta vakil qoʻshiladi, xodimga oʻz ish faoliyati bilan bogʻliq bir topshiriqni kompterda bajarish topshirilib, aniq bir (optimal) oqilona vaqt berilib, shu belgilangan vaqtda shu topshiriqni kompyuterga kiritsin yoki tegishli elektron xujjatni oʻrnatilgan tartibda yuborsin. Xodim topshiriqni toʻgʻri bajara olmadimi, demak malakasi yetarli emasligi asosida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilsa boʻladi, shuningdek xodimni sogʻligi toʻgʻri kelmayapti, mehnat kodeksining 143 moddasi boʻyicha mehnat shartnomasini qonuniy asoslarda bekor qilish mumkin boʻladi.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi                                        N.U.Tursunov