Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tushintirib bering.
Huquqshunosga savol:
Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tushintirib bering.
Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi qayta koʻrib chiqildi.
2019-yil 16-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 775-sonli qarori qabul qilindi. Maʼlumki, 1-sentyabrdan “eng kam ish haqi miqdori” tushunchasi bekor qilinib, uning oʻrniga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (634 880 soʻm) hamda bazaviy hisoblash miqdori (223 000 soʻm) joriy qilingan edi. Qaror bilan Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi tasdiqlandi va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (634 880 soʻm) uning asosi etib qabul qilindi (hozirga qadar yagona tarif setkasining asosi etib eng kam oylik ish haqi olingan). Mexnatga xak toʻlashning yagona tarif setkasi buyicha 22 ta razryadi mavjud. Xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish asosi sifatida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasidan foydalanuvchi tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qoʻllanilayotgan tarif koyeffitsiyentlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2018-yil 13-oktyabrdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqiladigan davlat boshqaruvi organlari, byudjet va davlat tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi loyihasida quyidagilarni nazarda tutadi: – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga toʻlanadigan haq miqdorini va ularni moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlarini aniqlashga yagona uslubiy yondashuvni; – ayrim vazirlik va idoralar uchun tarif stavkalariga oshib boruvchi koyeffitsiyentlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha guruhlari belgilanishi natijasida vazirliklar va idoralar, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida mehnatga haq toʻlashda ayni vaqtda mavjud boʻlgan tabaqalashuvni bekor qilishni; – moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarining xodim faoliyati samaradorligining muhim koʻrsatkichlariga, uning bilim va koʻnikmalariga, bajaradigan mehnat funksiyalarining murakkabligi va javobgarligi darajasiga bevosita bogʻliqligini belgilashni. Masalan, 7-razryadda ishlaydigan xodimlarning oklad ish haqini hisoblaymiz-1,505x634880=955494. Demak, 7-razryaddagi xodimlarning okladi-955 ming 494 sumni tashkil etadi. Ushbu qarorning 2-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun esa alohida 11 ta razryad belgilangan.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi N.U.Tursunov