Янгиликлар
Huquqshunosga savol: Tanishim ish joyida mayib boʻlib vafot etdi, Oilasida 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Unga pensiya tayinlanishi qonunda belgilanganmi?
Huquqshunosga savol:
Tanishim ish joyida mayib boʻlib vafot etdi,
Oilasida 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bor.
Unga pensiya tayinlanishi qonunda belgilanganmi?
Javob:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida (291 modda) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi belgilab qoʻyilgan, unga koʻra -
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi mehnatda mayib boʻlish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qatʼi nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan boʻlsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sugʻurta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar boʻlgan yoshiga bogʻliq boʻladi.Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning Davlat pensiya taminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni IV-bobida bu xolat boʻyicha batafsil malumot berilgan.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov