Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Kredit qanday boʻlinadi?


Kredit qanday boʻlinadi?

Maʼlumki, Oila Kodeksining 23-moddasiga koʻra, er xotinning nikohi davomida orttirilgan mol-mulki umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etadi. Lekin bu mol-mulk tarkibiga kredit asosida olingan koʻchar va koʻchmas mulklar ham kiradimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.02.2023-yildagi 3-sonli "Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida"gi qarorining 21-bandiga muvofiq, mulk huquqini vujudga kelishi asoslaridan biri bitimlar boʻlib, kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan koʻchmas mulk ham er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi. Shunga koʻra,  kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan koʻchmas mulkni boʻlishda sudlarning eʼtibori kredit shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan pul summasi ham er va xotinning umumiy qarz majburiyatlari deb topilishi shartligiga qaratilsin.

Sud hujjatida er va xotin ularga taqsimlangan koʻchmas mulkdagi ulushlariga mutanosib ravishda kreditor oldida javobgar ekanliklari tushuntirilishi lozim. Kredit majburiyatlarini koʻchmas mulkdagi ulushi qiymatidan ortiq miqdorda bajargan er yoki xotin kredit boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan keyin oʻz ulushi qiymatidan ortiq toʻlangan summani undirish yoki ulushlarni qayta taqsimlash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Shuningdek, agar mol-mulk er yoki xotinning biri tomonidan nikohga kirguniga qadar kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan boʻlib, kredit majburiyatlari esa nikoh davomida bajarilganda, nikoh davomida toʻlangan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.

Bu vaziyatda, kreditga olingan mulk nikohdan oldin olinganmi yoki nikoh davrida olinganini bilish lozim. Yaʼni nikoh davrida kreditga olingan koʻchmas mulkka ham erni, ham xotinni haqqi bor, shu bilan birga, bundan keyingi qolgan kredit toʻloviga ham ularning ikkovi birdek javobgardir. Qachonki, kredit toʻliq toʻlab boʻlinganidan keyin tomonlardan biri, umumiy birgalikdagi mulkni boʻlish haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Agar mulk nikohdan avval kreditga olingan boʻlsa, u holda xotiningiz umumiy uy-joyga emas, faqat uy uchun turmushingiz davrida toʻlangan pulga daʼvo qilishi mumkin.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti             D.A.Djurayeva