Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Kachon uydan foydalanish huquqini yoʻqotish mumkin?


               Kachon uydan foydalanish huquqini yoʻqotish mumkin?

Uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin.

Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.

Agar, sud, shaxsning belgilangan muddatdan ortiq davrda yashamasligini uzrli sabablar oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblasa, daʼvoni qanoatlantirmasdan rad etishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 172-moddasiga asosan, mulkdorning oʻz huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

Bundan koʻrinib turibdiki, shaxsning turar joyda uzrli sabablarsiz olti oydan ortiq muddatda boʻlmasligi (yashamasligi) uydan chiqarish haqidagi daʼvolarni qanoatlantirishning muhim mezoni boʻlib xizmat qiladi.

Xulosa oʻrnida aytish lozimki, fuqarolarimizning uy-joy, unga kiritish, undan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish kabi nizolar boʻyicha yuqoridagi qonun talablarini bilishlari va tushunib olishlari ushbu mazmundagi daʼvolar yuzasidan sudga murojaat qilishda daʼvo asoslarini toʻgʻri keltirish kafolati boʻlib xizmat qiladi.

Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti             D.A.Djurayeva