Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik nimaga olib kelishi mumkin?


Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik nimaga olib kelishi mumkin?

Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik:

— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

— bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti             D.A.Djurayeva