Янгиликлар
Jamoat joylarida tartibni saqlashga oid muhim qoidalar
Jamoat joylarida tartibni saqlashga oid muhim qoidalar
Jamoat joylarida tartibni saqlash uchun fuqarolar quyidagi beshta muhim qoidani yodda tutishlari lozim:
1. Qonunlarga rioya qilish. Jamoat joylaridagi barcha qonun va qoidalarga amal qilish zarur. Bu, masalan, tamaki chekish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish yoki ovozni balandlatish kabi taqiqlangan harakatlardan tiyilishni oʻz ichiga oladi.
2. Hurmat va odob. Boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat va odob saqlash muhim. Bu, masalan, navbatda turish, boshqalarga yoʻl berish va jamoat transportida oʻrin berish kabi odob-axloq qoidalariga amal qilishni nazarda tutadi.
3. Tozalikni saqlash. Jamoat joylarini toza saqlash uchun chiqindilarni maxsus belgi qoʻyilgan joylarga tashlash kerak. Bu atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi.
4. Xavfsizlik qoidalariga amal qilish. Jamoat joylarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim. Bu, masalan, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, xavfsizlik belgi va koʻrsatmalariga amal qilishni bildiradi.
5. Jamoat mulkini muhofaza qilish. Jamoat mulkini ehtiyot qilish va uni buzmaslik kerak. Masalan, xiyobonlar, oʻrindiqlar, fontanlar va boshqa jamoat joylarini muhofaza qilishni oʻz ichiga oladi.
Ushbu qoidalarga amal qilish jamoat joylarida tartib va osoyishtalikni taʼminlashga yordam beradi.
Jamoat joylarida, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
-tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek chilim va elektron sigaretalar chekish;
-uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
-alkogol mahsulotini isteʼmol qilish;
-tilanchilik qilish;
-roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
-it va mushuklarni tumshuqbogʻsiz va yetovsiz olib yurish.
Jamoat joylarida mazkur xatti-harakatlarni sodir etish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Bekobod shahar YUXKM bosh yuristkonsulti D.A.Djurayeva